Mukofoti oshirildi

Date:

Bugun donorlikning o‘zi va o‘zgalarga ham foydali jihatlari haqida bilmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Qolaversa, donorlik qilganlar uchun davlatimizda qator imtiyozlar ham borligi savobtalablar sonini oshirishga xizmat qilsa, nur ustiga nurdir. Bu bo‘yicha Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishlicha “O‘zbekiston faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yo‘la beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bunda mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadiganlar BHMning 15 baravari (5 mln 625 ming so‘m) miqdorida biryo‘la beriladigan pul mukofotini olishi belgilandi. Ilgari BHMning 5 baravari edi. Shuningdek, ularga shahar yo‘lovchilar transportidan (bundan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oldingi sahifaTanlov
Keyingi sahifaBayramga munosib tuhfa

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun