Mahorat darslarida yoshlar faol

Date:

Termiz davlat pedagogika institutida xalqaro ta’lim standartlariga mos ravishda xorijiy tillarni oʻrgatish yoʻlga qoʻyilgan. Institutning nemis tili o‘qituvchilari Termiz hamda Angor tumanlaridagi politexnikumlarga tashrif buyurib, o‘quvchilarga nemis tilini intensiv o‘qitish bo‘yicha mahorat darslarini olib borishmoqda.

O‘quvchilarning barchasida xorijiy tilga bo‘lgan qiziqish juda yuqori bo‘lganligi uchun darslarga faol ishtirok etishayotir. Darslar haftada ikki kun — offlayn va onlayn tarzda olib borilmoqda. Bugungi shiddat ila rivojlanib borayotgan zaminimizda chet tillariga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin yosh-u keksani birdek qiziqtirib kelmoqda.

O‘ylaymizki, ushbu maqsadli ta’lim yosh avlod uchun juda samarali hamda manfaatli bo‘ladi.

Adolat AXMEDOVA,

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun