Magistrlarga diplom topshirildi

Date:

Termiz davlat universitetining magistratura mutaxassisligini tamomlayotgan 100 nafar talabalariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda universitet rektori A.Toshqulov so‘zga chiqib, avvalo talabalarning ota-onalariga, ustozlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Shu asnoda universitetimizning shonli tarixi, bugungi istiqbolli tashabbuslar, yaqin kelajakdagi rejalar xususida ma’lumot berdilar.
Aytish kerakki, ilmiy salohiyati 40 foizdan oshgan universitetni bu yil 20-magistrlar tamomlamoqda. Ma’lumot o‘rnida, 2022/2023o‘quv yilida 230 nafar, 2023/2024o‘quv yilida 225 nafar, 2024/2025 o‘quv yilida esa 245 nafar talaba magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan.
Joriy o‘quv yilida universitet magistraturasida 24 ta mutaxassislik bo‘yicha 157 nafar talaba tahsil olgan bo‘lib, ularning 93 nafari talab darajasidagi sertifikatga ega. Bugun esa 100 nafar magistr muvaffaqiyatli bitiruvchi sifatida diplom olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun