Tashrif yakunlandi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Yelabuga shahridagi “Alabuga” sanoat ishlab chiqarish tipidagi maxsus iqtisodiy zonasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim delegatsiyasining xizmat safari o‘z yakuniga yetdi.

Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilib, qator kelishuvlarga erishildi. Surxondaryolik o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va pedagoglarning malakasini oshirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama etildi. Shuningdek, vohalik bir guruh maktab rahbarlari Tataristonning ilg‘or ta’lim tajribalari bilan yaqindan tanishib, o‘z malakalarini oshirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...

Xavfsizlik muhim

Iliq ob-havo sabab varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Mutasaddi tashkilotlar...

Ezgu tashabbus

Bandixon tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida 2006-yil bitiruvchilari ishtirokida samimiy...
KunTun
KunTun