HOLAT TALAB DARAJASIDAMI?

Date:

Yo‘lga otlandingizmi, manzilingizga yetgunga qadar chor-atrofni kuzatasiz. Ba’zan tog‘-u toshlar haybatidan hayratlansangiz, daryo-yu irmoqlarda shodon oqayotgan zilol suv xayolingizni oladi. Manzilingiz uzoq bo‘lsa, tamaddi qilish yoki yo‘l yoqasidagi rastalardan xarid qilishni ko‘nglingiz tusaydi. Qolaversa, zaruriy ehtiyojlar masalasi ham yo‘q emas. Bu esa xalqaro avtomagistrallar o‘tgan hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishni talab etadi. Holat esa vohamizda havas qilarli darajada emasligi ham ayni haqiqat. Shu maqsadda, M39 avtomagistrali yoqasida infratuzilmani takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish va aholi uchun turar joy massivlarini qurish ishlari jadal olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Sherobod tumaniga tashrif buyurish bahonasida bu boradagi topshiriqlarning ijrosi bilan ham tanishdi. Umumiy qiymati 300 milliard so‘m bo‘lgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilib, ularni qisqa muddatlarda amalga oshirish uchun tadbirkorlarga zarur ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriq va tavsiya berildi. Shuningdek, tumanning “Bahor” mahallasi hududidan o‘tuvchi M39 xalqaro avtomagistrali yoqasida ko‘p qavatli turar joylar qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun