MTTda o‘yin maydonchalari barpo etilmoqda

Date:

Bog‘cha bolajonlarning sevimli maskani. Do‘stlari bilan vaqtini mazmunli o‘tkazadigan, bilim va tasavvurlarini kengaytirish bilan birga miriqib o‘ynaydigan joy. Ayniqsa, bolajonlar ota-onalarini kutadigan vaqt yaqinlashsa, bog‘cha hovlisida o‘ynab yurishadi. Bu hovlida o‘yin maydonchalari tashkil etilgan bo‘lsa, nur ustiga nur. Aks holda mitti qaqqajonlar zerikib qolishlari aniq.
Ayni jihatlarni inobatga olgan holda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻyin maydonlari tashkil etilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyatidagi 465 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham ayni kunlarda bosqichma-bosqich mazkur o‘yin maydonchalari barpo etilib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun