Tadbirkor yo‘liga g‘ov bo‘lmang!

Date:

Vohada ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lganlarni munosib qo‘llab-quvvatlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu sabab, turli loyihalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Shu jihatdan, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov onlayn formatda hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.
Dastlab, avvalgi qabullar hamda hududlarga tashriflar davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi tahlil qilindi. O‘tgan 2024-yil davomida o‘tkazilgan tadbirkorlar qabullari daomida kelib tushgan murojaatlarning 83,8 foizi ijobiy hal etilganligi, biroq, qator mutasaddilarning bu boradagi faoliyati qoniqarsiz ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Viloyat rahbari ayrim mas’uliyatsiz rahbarlar tadbirkorning masalasini yechilishiga yordam bermagani yetmaganday, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilishi holatlari aniqlanganini qayd etib, bu borada barchani qat’iy ogohlantirdi.
Tadbirkorning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan, uning muammo va masalalarini tegishliligi bo‘yicha hal etmayotgan rahbarlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali tadbirkorlarning murojaatlarini tingladi. Qabul yakunida 532 nafar tadbirkorning 579 ta murojaati 40 dan ortiq mutasaddi rahbarlarga ijro uchun biriktirilib, ijrosini to‘liq nazoratga olish yuzasidan vazifalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tozalik — hammamizning burchimiz

Tabiat faqatgina go‘zalligi bilan emas, balki unga bo‘lgan munosabatimiz...

Vatan oldida va’da

Surxondaryoda yoshlar uchun yangi bosqich boshlandi. Prezidentimizning 2024-yil 15-noyabrdagi...

Yoshlar bandligi ta’minlanadi

Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni hayotda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish...

Sherobod tajribasi ommalashadi

Ta’lim tizimida belgilangan eng muhim vazifalardan biri — maktabgacha...
KunTun
KunTun