Davlatmiz rahbari Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir”. Shuning uchun ham yurtimizda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Bu xususida davlatimiz rahbari tomonidan nodavlat ta’lim muassasalari xususiy maktab va bog‘chalarga bo‘lgan e’tibor yaqqol misol bo‘la oladi.
Yoshlarimiz yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanib, turli xil fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari orqali yurtimiz bayrog‘ini jahon arenalarida baland ko‘tarishmoqdalar. Ertangi kun egalarining bunday faolligi, Vatanimiz taqdiri va taraqqiyotiga befarq emasligi, kelajakka katta umid va ishonch bilan qarayotgani, barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Kuni kecha Malayziya davlatining Kuala Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “SEAMO X 2025” xalqaro matematika fani olimpiadasi g‘oliblari ham shular qatoridadir. Ushbu ollimpiadada 30 ga yaqin davlatdan 1800 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi va tengdoshlari billan o‘z bilimlari ila raqobatlashib, ingiliz tilida matematika fanidan imtihon topshirishdi.
Quvonarlisi shundaki, 1800 nafar o‘quvchi-yosh orasidan O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan kumush medal sohibasi Solihabonu Shaydullayeva hali yosh bo‘lishiga qaramay, Al-Xorazmiy avlodi ekanligini isbotladi. Solihabonu kabi yurtimiz delegatsiyasi a’zolarining 12 nafari aynan Termiz shahrida joylashgan “Zvezda Vostoka” nomli nodavlat ta’lim muassasasining iqtidorli o‘quvchilari edi. Ushbu maktab o‘quvchilari 1 ta kumush, 5 ta merit va 5 da kredit medallari sohiblari bo‘lishdi. Bu natijalarga erishishda, allbatta, ustozlarning o‘rni beqiyosdir. Mansur Baxtiyorovich hamda Islom Muhammadaliyevichlar “ustoz-shogird” an’analariga muvofiq o‘z o‘quvchilariga bilim berishda o‘zlarining mehnatsevarliklari bilan shu yutuqlarni zabt etishmoqdalar.
Xususan, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan xalqaro fan olimpiada g‘oliblari erkin kurash va karate sport turlari bo‘yicha viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqa g‘oliblari hamdir. 2024 yil maktabning ilk 12 nafar bitiruvchisi orasidan 2 nafari Prezident maktabiga, 7 nafari esa ixtisoslashtirilgan maktab internatlariga imtihon topshirib, tanlov asosida o‘qishga qabul qilindi. Bunday yuqori natija nodavlat ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni yanada ruhlantirib, kelgusida yanada shijoat ila ishlashlariga kuch va ilhom bag‘ishlaydi.
Firuza AVAZOVA,
“Zvezda Vostoka” nodavlat ta’lim muassasasi ish boshqaruvchisi