Mashg‘ulot qiziqarli kechdi

Date:

Lego o‘ynash, undan nimalarnidir yasash bolajonlarning sevimli mashg‘uloti. Shunchaki, ularga lego bering va maroq ila kuzatish. Bir muddat o‘tib, mashina, robot, samolyot va yana qandaydir ajoyib ixtirolar qilinishining guvohi bo‘lasiz. Bolalar yaratayotgan bu ixtirolar ularni yaratuvchanlikka, ijodkorlikka boshlayapti.
“Konstruktor lego” to‘garagining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulot ham ana shunday qiziqarli kechdi. To‘garak aʼzolari mazkur mashg‘ulot davomida erkin mavzuda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Mashg‘ulot davomida to‘garak aʼzolari tomonidan tayyorlangan video lavhalar namoyish etildi. O‘quvchi-yoshlarga bilim berish va ularning qiziqishlarini rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati doirasida mavjud to‘garaklar, ulardagi shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida iqtidorli o‘quvchi-yoshlar va ota-onalarga batafsil maʼlumot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun