Seminarlar davom etmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatning shahar va tumanlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘qituvchilarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seminar-treninglarga start berildi. Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi xorijiy til o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan navbatdagi seminarlarga trener sifatida viloyatimizdagi maktablarda faoliyat olib borayotgan “til egalari” – xorijiy mutaxassislar jalb etildi.
Mahoratli mutaxassislar ishtirokchilarga sohaga oid zarur ma’lumotlarni ulashishdi. O‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga xorijlik pedagoglardan javob olishdi. Shuningdek, o‘qituvchilarning bilim, malakalarini baholash maqsadida tajriba-sinov tariqasida xalqaro darajadagi test sinovlarini topshirish imkoniyati ham yaratildi. O‘quv yili yakuniga qadar bu kabi seminarlar viloyatimizning barcha hududlarida davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun