Ish o‘rinlari yaratildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrif buyurib, dastlab “Bandixon-agroklaster” MCHJ tomonidan tashkil etilgan umumiy qiymati qariyb 18,4 million AQSH dollarlik ip-kalava ishlab chiqarish loyihasining ochilishida ishtirok etdi.
Ushbu korxona yiliga 4 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Korxonaga zamonaviy uskunalar Germaniya, Yaponiya, Xitoy va boshqa chet davlatlaridan keltirilib, o‘rnatildi. Korxona to‘liq quvvatda ishga tushishi natijasida 300 nafar ishsiz ayol va yoshlarni ish bilan ta’minladi. Korxonaning ishga tushishi Bandixon tumanining sanoat sohasidagi ulushini yuqori ko‘rsatkichlarga olib chiqadi.
Mazkur korxona tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning ikkinchi bosqichi bo‘lib, birinchi bosqichda 150 ish o‘rniga ega paxtani dastlabki qayta ishlab, tola olish korxonasi ishga tushirilgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun