Uzilishlarga chek qo‘yilyaptimi?

Date:

Kunlar sovib, qish qishligini qilayotgan kunlarda elektr energiyasida uzilishlar bo‘lib, gaz pasayib qoldi. Bu mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rilganini fosh qilib qo‘yganday bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham qishni talafotsiz o‘tkazib olishimiz lozim. Buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib, uzilishlarni joyida barataraf etish talab etiladi.

Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida aholi va ijtimoiy soha obektlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, yuzaga kelgan avariya holatlarini tezkor bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ko‘p qavatli turar joylar qurilishi bilan tanishdi.

Dastlab, Termiz shahri va Termiz tumani aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi gaz taqsimlash stansiyasi faoliyati bilan tanishildi. Shu yerning o‘zida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali mutasaddilari iste’molchilarni gaz bilan ta’minlash, uzilishlarni bartaraf etish ishlari haqida axborot berdi.

Shuningdek, viloyat rahbariga yo‘llar infratuzilmasini rivojlantirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi, chiqindilarni boshqarish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot berildi. Tarmoq rahbarlari yo‘lga qo‘yilgan namunaviy loyihalar, kelgusi yildagi rejalarni taqdimot qildi.

Viloyat rahbari amalga oshirilayotgan ishlarni, yaratilayotgan qulayliklarni avvalo, aholimiz o‘z hayotida his qilishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, yo‘lga qo‘yilgan loyihalar hududlarga tashrif davomida joyida ko‘rilishi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun