Usmon Azim mukofotlandi

Date:

Rag‘bat ijodkorni ilhomlantiradi, ruhlantiradi. Doimo dard tilanadigan ijodkorga rag‘bat ham kerak. Ana shundagina bekorga yashamaganini anglaydi, vaqti besamar ketmaganini tushunadi. O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim ham ana shunday rag‘batlantirildi, ya’ni Qozog‘istonning adabiyot sohasidagi xalqaro “Alash” mukofoti bilan taqdirlandi. Ma’lum qilinishicha, mukofot ijodkorga Olmaota shahrida Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi tashkil etilganining 90 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda topshirilgan.

Shuningdek, ushbu mukofot Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TÜRKSOY) tashkiloti bosh kotibi Sulton Rayev, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi Anor Rzayev, Turkiya Yozarlar birligi raisi Musa Kozim Arijan, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Arslan Koyshiyev kabi atoqli ijodkorlarga ham topshirilgan.

Qolaversa, Usmon Azim uch mingga yaqin she’riy asarlar muallifi sanaladi. U Gruziyaning Vladimir Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (1982). “Do‘stlik“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun