“G‘amxo‘rlik” guruhlari ish boshladi…

Date:

O‘zgalar yordamisiz hayot kechirishni istaymiz. Biroq atrofimizda o‘zgalar g‘amxo‘rligiga muhtoj insonlar ham yo‘q emas. Bugungi kunda mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan hamda o‘zgalar g‘amxo‘rligiga muhtoj oilalarga katta e’tibor qaratilib, ko‘mak berilib, keng imkoniyat eshiklari ochilmoqda. Ma’lumki, azal-azaldan xalqimiz muruvvatli, saxovatli, mehr-oqibatli. Aytish joizki, Termiz shahrida bolajonlarimiz uchun “G‘amxo‘rlik” guruhlari o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur guruhlarga 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolajonlar qabul qilinadi. Bundan tashqari har bir “G‘amxo‘rlik” guruhi 6-8 nafar boladan iborat bo‘ladi. Bu esa bolajonlar bilan individual shug‘ullanish imkonini beradi. Ushbu guruhlar ehtiyojni inobatga olgan holda 2 ta smenada tashkil etiladi.

Ushbu guruhlarning ochilishini, ayniqsa, ota-onalar katta mamnuniyat bilan qarshi oldilar. Onajonlardan biri farzandim endi jamiyatga qo‘shiladi, deya quvongan bo‘lsa, ularning yana biri yaratilgan sharoitlar va zamonaviy jihozlarni ko‘rib, xursandchilik ko‘zyoshlarini yashira olmadi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun