Hosil 2,3 milliondan 2,6 million tonnaga yetkaziladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlar, tomorqalardan samarali foydalanish, sanoatlashgan mevali bog‘ va tokzorlar tashkil etish, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Birinchi navbatda, g‘alla yetishtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng, o‘tkazilgan taqdimotlarda joriy yilda 2,3 million tonna mahsulot yetishtirilgani, kelgusi yilda bu ko‘rsatkichni 2,6 million tonnaga yetkazish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, 7 ta loyiha doirasida 800 gektar yerda mevali bog‘ va tokzorlar tashkil etilishi va 800 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilandi.
Tashrif davomida aholi xonadonlarining birida piyoz yetishtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, yakunda ariqlarni betonlashtirish va irrigatsiya tizimini takomillashtirish ishlari bilan tanishildi. Viloyat rahbari har bir qarich yerdan samarali foydalanish va aholi farovonligini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga vazifalarni belgilab berdi.
Viloyat “Agro Processing Group” MCHJning meva-sabzavotlarni qayta ishlash hamda quritish korxonasida ish jarayonlari hamda tayyor mahsulotlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng, hududdagi 10 gektar maydonga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlariga start berildi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, jamoatchilik vakillari hamda faollar ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun