Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Date:

Chempion bo‘lish oson emas. To‘g‘ri, eng yuqori pog‘onaga ko‘tarilish sportchiga g‘urur va iftixor tuyg‘usini baxsh etadi. Ammo bungacha bo‘lgan yo‘l mashaqqatlidir. Tinimsiz tayyorgarlik, izlanish, o‘z ustida ishlab, toblanish polvonni polvon qilib tarbiyalaydi. Ana shundan keyin mardi maydon bo‘lib, nom qozonadi.Toshkentdagi “Universal” sport saroyi sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. Chempionatning erkin kurash bahslarida ishtirok etgan sportchilar o‘zlarining kuch va mahoratlarini namoyish etdilar. Kurash qizg‘in va murosasiz o‘tdi.Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabining sportchilari ham bo‘sh kelishmadi, balki sovrindorlar qatoridan joy oldilar. 57 kilogramm vaznda Qarshi Usmonov 2-, 125 kilogramm vazn toifasida esa Namoz Abdurashidov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun