Og‘ir atletikachilar kurashdi

Date:

Xabar berganimizdek, “Kurash” sport majmuasi zalida Termiz shahar hokimligi, viloyat sport boshqarmasi va viloyat og‘ir atletika federatsiyasi hamkorligida 2009-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida og‘ir atletika sport turi buyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada 150 nafardan ortiq yosh og‘ir atletikachilar g‘oliblik uchun bellashib, o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Quvonarlisi, ushbu sport musobaqasida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo‘rayevning ishtirok etganligi yosh sportchilarda katta taassurot qoldirib, ularning ushbu sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun