Aholi qulay uy-joylar bilan ta’minlanadi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor va Sariosiyo tumanlariga tashrif buyurib, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ushbu massivlarda ko‘p qavatli turar joylar hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, kommunal xizmatlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.Shuningdek, Prezidentimizning “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Farmonga muvofiq, mutasaddilar viloyatda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini kengaytirish, zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishini jadallashtirish va ipoteka kreditlari bozorini rivojlantirish maqsadida banklar tomonidan ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish borasidagi ishlar yuzasidan axborot berdi.Mazkur tashabbuslar aholini zamonaviy va qulay uy-joy bilan ta’minlash hamda turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun