Agentlik direktori Surxondaryoda

Date:

Ayni damda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Surxondaryo viloyatiga tashrifini davom ettirmoqda. Kuni kecha, Jarqo‘rg‘on tumanida viloyatda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. Tizimda bo‘layotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, fuqarolar bilan individual ishlash, oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda aniq rejalar asosida ish olib borishga qaratilgan ushbu uchrashuv o‘zgacha fayzli o‘tdi. Ijtimoiy xodimlar ham ijobiy keyslari, sohada bo‘layotgan muammolar bilan bo‘lishishdi. Mansurbek Olloyorov ijtimoiy xodimlarning malakasini doimiy oshirib borish, ular bilan yelkama-yelka ishlash, har bir oilaga kompleks yondoshishida ko‘maklashish borasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga hamda boshqarma mas’ullarga topshiriqlar berdi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu uchrashuv samimiy hamda o‘zaro savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun