Xatlov ishlari boshlab yuborildi

Date:

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun) 8-noyabrdan kuchga kirdi. Shu sababdan 2024-2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-grafikka asosan kadastr xodimlari tomonidan mahallalarda xatlov ishlari boshlab yuborildi.Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Surxondaryo viloyatining tuman, shaharlarida 24 ta mahallarida xatlov ishlari olib borilmoqda. Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi: 1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar,qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.Yakka taritibdagi uy-joy egallagan yer uchastkasining amaldagi maydoni mazkur qonunchilik hujjatida belgilangan o‘lchamlardan oshgan hollarda, yer uchastkasining ortiqcha egallangan qismiga bo‘lgan ijara huquqi, basharti boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa, dehqon xo‘jaligini yoki tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun e’tirof etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun