E’tibor va e’zoz

Date:

Mahalla “yettiligi” tomonidan “Xonadonbay” o‘rganish natijasida fuqarolarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda ularga amaliy yordam berilib, murojaatlari atroflicha ijobiy hal etilmoqda. 75 yoshli Tovmamat ota Yusupov Sho‘rchi tumanining “Egarchi” mahallasida yashaydi. 2017-yilda og‘ir kasallik natijasida otaxon bir oyog‘idan ayrilgan. O‘shandan buyon qo‘ltiqtayoq yordami bilan yuradi. — Bir umr ketmon qo‘limdan tushgani yo‘q, dehqonchilik qildim, — deydi otaxon. — 7 nafar farzandimni birovdan kam qilmay ulg‘aytirdim, jamiyatda o‘rnini topishi uchun harakat qildim. Barakat topishsin mahalla faollari kelib, holimdan xabar olishdi. Eskirib qolgan qo‘ltiqtayog‘imning o‘rniga yangisini berishdi.Oyog‘i og‘rib, hassaga tayanib yuradigan Qulmat ota Toshboyev ham mahalla faollaridan mamnun. Hassaga tayanib qolgan bo‘lsa-da, otaxonning yaqindagina olgan texnikasi uzog‘ini yaqin qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun