Ekoaksiya o‘tkazildi

Date:

Bir kishining qilgan ishlari ko‘plarga ibrat bo‘la oladi. Shunday ekan, har bir qiladigan ishimizga e’tiborli bo‘lishimiz lozim. E’tiborsizlarcha atrofga chiqindi tashlayotgan insonning chiqindisini olib, maxsus qutiga solingchi, u ikkinchi bor bunday xatoga yo‘l qo‘ymaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2024-yil 10-sentabrdagi tegishli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi “Yosh ekologlar” harakati Kengashining 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan “Chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda plogging aksiyasi tashkil etildi.
Ekoaksiya davomida talabalar va ko‘ngillilar tomonidan “Oqtepa” suv ombori bo‘yida yig‘ilib qolgan har xil maishiy chiqindilar terib chiqildi. Tadbir davomida 50 kilogramdan ortiqroq chiqindi yig‘ildi va Jarqo‘rg‘on tumanidagi chiqindi poligoniga yuborildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...
KunTun
KunTun