“Dat-Energo” ishga taklif etadi

Date:

O‘zimizga ma’qul kelgan ish bilan band bo‘lsak, vaqtimiz qanday o‘tayotganini sezmay qolamiz. Topganimizda ham unum va baraka bo‘ladi. Qolaversa, bu kayfiyatimizga ham ta’sir etib, kelgusi rejalarni ham katta olishimizga sabab bo‘ladi. Shu sababdan ham ishsizlikka barham berib, yurtimizdagi har bir ishsiz yoshmi, kattami, ishli qilishga harakat qilinadi. Turli tadbirlar, mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi. Mahallalarda ham ishsizlar ro‘yxati shakllantirilib, ularning qiziqish va layoqatlari o‘rganilishida ham ayni maqsad mujassam.
Bandixon tuman hokimligi, Tashqi mehnat migratsiya agentligi Surxondaryo viloyat filiali, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining “Dat-Energo” korxonasi vakillari bilan tumandagi Rossiya Federatsiyasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar hamda yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
“Dat-Energo” korxonasi vakillari korxonada ishchilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va ishchilarga yaratilgan sharoitlar haqida tushuntirib o‘tdi. Ushrashuv yakunida tumandan 15 nafar fuqaro hamda yosh ishlash istagini bildirib, hujjatlarini topshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun