Maktablarda issiqxona va parrandachilik faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

Date:

Maktablarda nafaqat ta’lim-tarbiya jarayoniga puxta e’tibor qaratiladi, balki barcha jihatlar maktab jamoasining, ayniqsa, rahbarining diqqat markazida bo‘ladi. Shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan ta’lim maskanlaridagi bo‘sh maydonlardan samarali foydalanish, muassasalarga qo‘shimcha daromad keltirish, shu bilan birga o‘quvchilarga ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlik sirlarini o‘rgatish maqsadida issiqxonalar va parrandachilik faoliyatlari tashkil etilmoqda.
Hozirga qadar ushbu tajriba 223 ta maktab va 97 ta bog‘chada yo‘lga qo‘yildi. Issiqxonalarda asosan, bodring, pomidor, limon, baqlajon, gul ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ekinlar parvarishi texnik xodimlar tomonidan amalga oshirilayotir. Shuningdek, parrandachilik loyihalari ham amalga oshirilayotgan bo‘lib, tovuq boqish yo‘lga qo‘yilgan.
Issiqxonalar va parrandachilikning yo‘lga qo‘yilishi ta’lim muassasalariga qo‘shimcha daromad manbai bo‘lish bilan birga o‘quvchilar uchun tabiiy fanlardan olgan bilimlarini amaliy tarzda mustahkamlashda ham xizmat qilmoqda.
Yil yakuniga qadar bo‘sh yer maydoni mavjud bo‘lgan qolgan ta’lim maskanlarida ham ushbu tajribani joriy etish rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun