Sayohat tashkil etildi

Date:

Maktabda tahsil oladigan o‘quvchilarning hech bo‘lmaganda 80-90 foizi o‘qishini oliy ta’limda davom ettirishni istaydi va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘radi, o‘qib o‘rganadi. Ayniqsa, oliy ta’lim dargohlariga uyushtiriladigan sayohatlar o‘quvchilarning o‘qishga, biror sohani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada alangalatadi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchilari ham Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga sayohat qildilar. O‘quvchilar universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, tashkil etilgan fakultetlar va o‘quv hamda qabul jarayonlari, ta’lim yo‘nalishlari, robototexnika xonasi, “Surxon geologiya muzeyi” bilan tanishib, oliygoh haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun