Xalqaro kuzatuvchilar gazeta tahririyatida

Date:

Sanoqli kunlardan so‘ng, yurtimizda muhim siyosiy jarayonlar boshlanadi. Tayyorgarlik, targ‘ibot-tashviqot ishlari esa avj pallada. Albatta, ushbu jarayonlar xorijlik kuzatuvchilarning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Shu jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat Sengel Surxondaryo viloyatidagi “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari birlashgan tahririyatida bo‘ldilar va saylovoldi deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarning targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, ommaviy axborot vositalarida muhim siyosiy kampaniyani yoritish jarayonlari bilan qiziqdilar.
Uchrashuvda gazeta bosh muharriri Salohiddin Norqobilov yangilangan saylov qonunchiligi asosida tashkil etilayotgan muhim kampaniyada siyosiy partiyalarning saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarini yoritish haqida atroflicha ma’lumot berdi. Saylovoldi tashviqoti o‘tkazilayotganda deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga matbuot nashrlarida bepul taqdim etiladigan bir xil hajmdagi chop etish maydonidan foydalanish tartibi hamda hajmi to‘g‘risida tushuncha berdi. Saylovni ochiq, oshkora o‘tkazish va muhim siyosiy kampaniyani keng yoritish uchun viloyatda barcha qulaylik mavjudligini ta’kidladi.
Muloqot yakunida mehmonlar tahririyat jamoasiga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Zamonaviy bosmaxonada gazetalarning chop etilishini kuzatdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun