Sho‘rchida xrizantema yetishtirilmoqda

Date:

Bayram yoki tug‘ilgan kunimizda gul sovg‘a qilishsa, bahri dilimiz ochiladi. Eng yaxshi sovg‘ani olgandek quvonamiz. Gullarning nafisligi, chiroyi kayfiyatsiz odamga ham kayfiyat beradi. Ayni gul parvarishlaydigan odamlarchi, ular doimo gullar bilan yo‘ldosh bo‘lib, doimo kayfiyati chog‘ bo‘lib yurishsa, ajab emas. Albatta, gul yetishtirib ro‘zg‘or tebratayotgan oilalarning nafaqat kayfiyati chog‘, balki ro‘zg‘ori bud, daromadi ham gulchilikdan bo‘lishi aniq.
Sho‘rchi tumanidagi “Tamaddun” mahallasida yashovchi Muhabbat Eshbadalova ham qariyib ikki yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanadi. Tomorqasining 3 sotix yer maydoniga xrizantema gullarini parvarish qilib, daromad topmoqda.
Ha, har bir gul turining o‘z injiqligi bo‘ladi. Qaysidir gul sersuvlikni xush ko‘rsa, aksi bo‘lgan gullar ham bor. Ob-havo injiqliklari, e’tibor va mehnat talab etadigan gullar ham bor. Nima bo‘lganda ham gulchi bularning barini tilini tushungan holda parvarishlaydi. Gullari g‘uncha tugib, ochilganida esa mehnatining mashaqqatlari ham zumda arizgandek bo‘ladi.
Farzandlarini-da, gul parvarishlashga o‘tgatayotgan Muhabbat Eshbadalova mehnatidan mamnun.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun