33 gektar tomorqa yer maydonlari suv bilan ta’minlandi

Date:

Sariosiyo tuman hokimligi tashabbusi hamda “Bog‘iston” mahallasi faollarining sa’y-harakatlari bilan mahalla hududidan oqib o‘tgan Hasanxon kanalidan yangi suv yo‘li qazib ochilishi natijasida, mahalladagi 33 gektar aholi tomorqa yer maydonlari kafolatli suv bilan ta’minlandi. Bu o‘z-o‘zidan hududda bog‘dorchilik va dehqonchilikning rivojlanishiga erishish orqali, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, odamlarni yaxshi daromad manbai bilan ta’minlash imkonini beradi.
Xususan, tuman hokimi Abduqodir Donayev, viloyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati boshlig‘i D.Tangriyev hamda soha mas’ullari Hasanxon kanalidan yangi suv yo‘li qazib ochilishida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh mahalla faollari bilan uchrashib, ularga tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Eslatib o‘tish joizki, 2-bosqichda Hasanxon kanalining ushbu suv yo‘lini betonlash mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Obyektlar tizimga kiritildi

Bandixon tumani, "Qaldirg‘och" mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik...

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....
KunTun
KunTun