Mehnat ta’tiliga qismlarga bo‘lib chiqish mumkinmi?

Date:

Faoliyatimiz davomida yilda bir marta mehnat ta’tiliga chiqamiz. Ammo rejalarimiz sabab asosiy va qo‘shimcha yillik mehnat ta’tillarini bir haftadan bir necha qismlarga bo‘lib olishni istab qolamiz. Ammo, ish beruvchi xodimga ushbu ta’tillarni qismlarga bo‘lib berishi mumkinmi, degan savol tug‘iladi.
Mehnat kodeksining 231-moddasiga ko‘ra xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi o‘n to‘rt kalendar kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Shu sababli ish beruvchi xodimga asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni qismlarga bo‘lib berishga majbur emas, chunki Mehnat kodeksining 231-moddasida mehnat ta’tili kelishuvga ko‘ra qismlarga bo‘lish mumkinligi belgilangan, ya’ni bu ish beruvchining huquqi hisoblanadi, majburiyati emas.
Agar ish beruvchi xodimga har yilgi ta’tilini qismlarga bo‘lib berishga rozi bo‘lsa, mehnat ta’tili qismlarining hech bo‘lmaganda bir qismi, ya’ni qaysi qismi bo‘lishidan qat’iy nazar (birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismi) o‘n to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun