Saylov komissiyasi: tarkib tasdiqlandi

Date:

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va viloyatdagi 865 ta saylov uchastkasi uchun 9 ming 451 a’zodan iborat tarkibi tasdiqlandi.
Nomzodlar xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinib, “E-saylov” tizimi orqali hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.
Uchastka saylov komissiyalari a’zolarining 47 foizi xotin-qizlardir. A’zolarning 84 foizi oldingi saylovlarda ham ishtirok etib, saylov qonunchiligidan yetarli tushuncha to‘plagan tajribali a’zolar bo‘lsa, 16 foizi saylov komissiyalari faoliyatida ilk marta qatnashmoqda. Aytish kerakki, faoliyat sohasi bo‘yicha eng ko‘p komissiya a’zolari xalq ta’limi tizimi xodimlari (53 foiz), qolganlari esa davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillaridan iborat. Pedagoglar (28 foiz) asosiy mutaxassislik sohasi bo‘lib, ulardan tashqari huquqshunoslar, shifokorlar, muhandislar va iqtisodchilar ham bor.
Ma’lumot uchun, bu yilgi muhim siyosiy kampaniyada viloyatdagi saylov uchastkalaridan 1 million 669 mingdan ortiq saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun