Hayvonot bog‘idagi jonivorlar soni ko‘paydi

Date:

Hayvonot bog‘i oilaviy boradigan, jonivorlarni miriqib tomosha qiladigan maskan. Farzandlarimiz bahona biz kattalar ham madaniy xordiq chiqaramiz. Jonivoylarga yegulik ulashamiz, ularni maroq ila kuzatamiz. Ayniqsa, hayvonot bog‘iga yangi hayvon keltirilsa bormi, u yerga qayta borishimiz uchun bahonai sabab topiladi.
Hayvonot bog‘iga Toshkent hayvonot bog‘idan noyob turdagi Nil timsohlari keltirilgani ham ana shunday sababga xizmat qildi. Timsohlar ikki oy davomida nazoratga olinib, endilikda tomoshabinlarning zavq-shavq olishlari uchun ko‘rgazma pavilyoniga qo‘yildi.
Yangi jonivorlar hayvonot bog‘iga anchagina o‘rganib qolishgan. Yaxshi e’tibor qaratilayotgani bois juda tez o‘sib rivojlanmoqda. Hayvonot bog‘ida ularni yaxshi parvarishlab, nasl olish maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun