3 baravar arzon, ikki hissa chidamli

Date:

“Tinib tinchimagan odamlar nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya”, deyishganida ko‘p qavatli uylarga “lip” etib olib chiqadigan lift deganlari ham, muzlatkich-u “kir yuvadirg‘on mashinalar odamlar uchun yangilik, hayratlanarli hodisa edi. Bugun yangilik va ixtirolar qilib bo‘lingan. Xizmatimizni mashina-yu robotlar bajarayotgan bir paytda faqatgina robot va texnologiyalarning yangi avlod vakillari, yanada kuchaytirilgan, mukammallashtirilgan variantlari taklif va taqdim etilayotir.
Olimlarimiz bosh qotirayotgan va yangiliklar qilayotgan, izlanishlar olib borayotgan ishlar samara berayotir. Bunday ixtiro va yangiliklar hayotimizda qulaylik va yengillik olib kirmoqda. Navbatdagi izlanish ham ayni shunday samarali bo‘ldi.
Avtomobil yo‘llarida harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash hamda transportlar harakatini tartibga solishda yo‘l yotiq chiziqlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun esa o‘z navbatida yotiq chiziqlarning ko‘rinarli holatda uzoq muddat saqlanishi zarur. Termiz davlat universiteti olimlari tomonidan yo‘llarda yotiq chiziqlarni chizishda ishlatish uchun yangi bo‘yoq turi yaratildi.
Avvalgi bo‘yoqlar xorijdan keltirilgan bo‘lib, chizilgandan keyin ikki oy muddatgacha turgan. Vohamiz olimlari yaratgan bo‘yoqlar esa xorijdan keltiriladigan bo‘yoqlardan 3 baravar arzon bo‘lish bilan birga, chizilgandan so‘ng 6 oygacha saqlanib turishi bilan ahamiyatli.
Hozirgi kunda ushbu bo‘yoqdan sinov tariqasida Termiz davlat universiteti atrofidagi avtomobil yo‘llaridagi piyodalar yo‘lakchalarini chizishda ishlatilmoqda. Sinovlar samarali natija bersa, mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda barcha yo‘llarda foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimining joriy o‘quv yili boshida universitet faoliyati bilan tanishuvi chog‘ida olimlar tomonidan ushbu bo‘yoq turini yaratish jarayonlari taqdimot qilingan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun