“Adliya kuni”da…

Date:

Huquqiy maslahatga ehtiyoj sezdikmi, huquqshunos qabuliga yozilamiz. Faqat mutaxassisgina to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata oladi. Aks holda huquqlarimizni bilmay, muammoga qanday yondashishga qiynalishimiz aniq.Qumqo‘rg‘on tumanidagi “G‘alaba” mahallasida “Adliya kuni” hamda “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida sayyor qabul o‘kazilib, fuqarolar tomonidan 30 dan ortiq murojaatlar bo‘ldi. Murojaatlarning 15 dan ortig‘iga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.Tadbir so‘nggida uyma-uy yurgan holda 10 dan ortiq fuqarolarning xonadonlariga kirib borildi hamda ularga o‘zlarini qiziqtirgan masalalari bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun