Yoshlar daftari – imkoniyatlar daftari

Date:

Yerga qilingan mehnat o‘zining samarasini bermay qo‘ymaydi. Ayniqsa, Surxon vohasida yiliga bir necha bor ekin ekib, hosil olish imkoni borligi, mo‘may daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. Davlat rahbarining 153-sonli Qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/-6867721) muvofiq ishsiz yoshlarga ajratilgan 71 sotixli yer maydoni ularni foydali mehnat bilan band qilish bilan birga, foyda olishga, kelgusida yanada shijoat bilan harakat qilishiga motivatsiya bermoqda.
Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” mahallasida ham ushbu qaror asosida 6 nafar yoshga 71 sotixdan unumdor yerlar ajratilgan bo‘lib, yoshlar tomonidan bu yerlarga makkajo‘xori, tosh, karam, gul karam, brokkoli, yeryong‘oq kabi sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Mahalla yoshlarining mehnatsevarligi, yerga bergan mehri sabab bugun ekinlar hosilga kirish arafasida.
Ushbu yer maydonidan yaxshi hosil olishni maqsad qilgan Muxriddin Maxmudov boshqa yoshlar qatori berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun