Yigirma bir yillik tanaffusdan so‘ng…

Date:

Futbolda «Surxon» klubi ham muvaffaqiyat qozonishini, dunyoning mashhur futbol jamoalariga qarshi to‘p surishlarini istaymiz. To‘g‘rirog‘i, orzu qilamiz. Buning uchun futbol jamoamiz bo‘lmish yoshlarimiz puxta hozirlik ko‘rishlari, tinimsiz o‘z ustilarida ishlashlari lozim. Ayni jihatlarni inobatga olgan holda qilingan harakatlar esa natija bermay qolmaydi. Sababi, «Surxon» klubi O‘zbekiston kubogi yarimfinalida.
Futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi musobaqalarining navbatdagi uchrashuvlarida yarimfinal yo‘llanmasi uchun kechgan bahslarda “Surxon” va “Xorazm” klublari bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan o‘yin yakunida “Surxon” klubi xorazmliklar ustidan 3:1 hisobida g‘olib bo‘lib, yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shunday qilib, yigirma bir yillik tanaffusdan so‘ng “Surxon” O‘zbekiston kubogining yarimfinaliga chiqdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun