Maktab formalari ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etildi

Date:

Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. O‘quvchi-yoshlar va ota-onalarni maktab formasi masalasi qiynayotgani aniq. Xo‘sh, bu yil maktablarda maktab formasi joriy etiladimi, yoki har kim topganini kiyadimi? Bandixon tumanidagi 17-AFCHO‘IMda maktab formalari bo‘yicha ko‘rgazma-yarmarka tashkil etildi.
Unda maktab o‘quvchilari uchun namunaviy maktab formalari ota-onalarga namoyish etildi. Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda maktablar ma’muriyati tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikda sifatli, hamyonbop narxlarda maktab formalarini sotib olish imkoniyati ham yaratildi. Ota-onalar bilan bo‘lgan muloqot davomida o‘quvchining kiyinish madaniyati, maktabda odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha so‘z yuritildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumtaʼlim maktabining bu boradagi o‘z ichki Nizomlari qabul qilingan. Unga ko‘ra, o‘g‘il bolalar va qizlar uchun ham ayni nizom asosida taklif etilgan maktab formalari mavjud.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm...

Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy...

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...
KunTun
KunTun