Kechagi ishsiz bugun tadbirkor

Date:

Kechagina ishsiz bo‘lgan yoshga imkon berilsa, ularga ishonch bildirilsa, ular, albatta, nimalarga qodir ekanini isbotlashadi. Xuddi shunday 2023-yil Muzrabot tumani hokimining qabuliga ish so‘rab kelgan, “Sopollitepa” mahallasida yashovchi fuqaro Farux Boboqulovga 33 million so‘m kredit mablag‘i ajratilgan edi.
Ushbu mablag‘dan maqsadli foydalangan yosh beton g‘isht (shlakoblok) va penoblok ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan F.Boboqulov bugun tadbirkor. Hozirda 2 ta yangi ish o‘rini yaratgan tadbirkor kelgusida rejalarni katta olgan. O‘z ishini kengaytirib, ko‘plab ishsizlarni ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan.
Qilgan ishlaridan mamnun tadbirkor, tadbirkorlik orqasidan kam bo‘lmadi, yangi uy-joy qurdi, muravey oldi. Olgan kreditidan batamom qutilib, yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan mamnun.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun