Mavsumga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Date:

Ayni kunlarda g‘o‘za parvarishiga katta e’tibor qaratilgan. Mavsum boshidan buyon qilingan mehnat-u harakatlar o‘z natijasini berib, dalalardagi go‘zalar baravj o‘sib, qiyg‘os gullagan, oppoq hosilga kirayotir. Lo‘ppi-lo‘ppi bo‘lib ochilayotgan paxtalar esa kishi ko‘zini quvnatayotir.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga biriktirilgan Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini muhokama qilish, g‘o‘za parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar hamda yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlariga tashrif buyurdi. Har bir tumanda klaster va fermer xo‘jaliklari dalalarida g‘o‘za hosildorligi, ayni issiq kunlarda hosilni saqlab qolish, o‘g‘itlash va sug‘orish hamda yig‘im terimga tayyorlash borasidagi agrotexnik tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Hududlar rahbarlari, soha mutasaddilariga klaster va fermer xo‘jaliklari bilan ishlab, dalalarda ishlarni jadallashtirish, agrotexnik tadbirlar, o‘g‘itlash va sug‘orish ishlarini muddatida bajarish yuzasidan vazifalar topshirildi. Shuningdek, issiqni issiq demay, tunu-kun dalada mehnat qilib, g‘o‘za parvarishida jonbozlik ko‘rsatayotgan mexanizatorlarga sovg‘alar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDUda ilmiy muhit, yangi g‘oyalar

Termiz davlat universiteti mezbonligida “O‘zbekiston janubida floristik va zoologik...

Sifati baholanadi

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlariga tibbiyot va dorixona xizmatlari, shuningdek,...

Yigʻilish tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtdi

Denov tumanida vazir E‘zoza Karimova boshchiligida tanqidiy-tahliliy ruhda yig‘ilish...

Ichki ishlar xodimlari sharaflandi

Muzrabot tuman hokimligida Ichki ishlar organlari tuzilganining 34 yilligi...
KunTun
KunTun