Harbiy sport musobaqalari tashkil etildi

Date:

Qalbida harbiylikka havas uyg‘ongan yoshlar, kelajak taqdirini shu soha bilan bog‘lashga harakat qilishadi. Orzu-yu maqsadlarida ham ayni havas mujassam bo‘ladi. Bunday yoshlar vatanparvar, chin insoniy fazilatlarga ega bo‘lib shakllanadilarki, vatanga xizmat qilishni chin insoniy burch sanaydilar. Ayniqsa, ular uchun bir bora bo‘lsa-da harbiycha muhit yaratib bersangiz, bir kun, bir lahza bo‘lsa ham harbiylikni his etib ko‘rsa bormi, ular o‘zlarini boshqa sohada tasavvur ham eta olmasliklari aniq.
Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabida “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida Mudofaa vazirligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik majmuaviy sport musobaqasi tashkil etildiki, unda yoshlar o‘zlarini harbiylardek his eta olishiga sharoit yaratildi.
Sport musobaqalari ikkita yo‘nalishda o‘tkazildi. 1-yo‘nalishda harbiylashtirilgan sport estafetasida o‘z imkoniyatlarini ishga solishgan bo‘lishsa, 2-yo‘nalish — arqon tortishda kuchlilar aniqlandi.
Musobaqaga 1-sektor hududidagi mahalla jamoalari ishtirok etdi. G‘olib esa viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning...

Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on...

Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib...
KunTun
KunTun