MTTlar faoliyat boshladi

Date:

Farzandlarimizning taqdiriga jiddiy qaraymiz. Bolalikdanoq munosib ta’lim-tarbiya olishi uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Ana shunday xatti-harakatlarimizga hamohang tarzda yurtimizda ham barcha shart-sharoitlar yaratilgan va yaratilayotir. Ayniqsa, bolani maktabgacha yoshida tafovut bo‘lmasligi uchun bog‘chaga qamrrovini oshirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurish, borlarini rekonstruksiya qilish, jihozlash va malakali mutaxassislar bilan ta’minlash masalasi bugungi kunning dolzarb masalasiga aylangan.
Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qo‘shtepa” mahallasida 2 milliard 31 million 579 ming so‘m evaziga 90 o‘ringa mo‘ljallangan 45-sonli, “Porloq yulduz” mahallasida esa 4 milliard 327 million so‘m sarflanib, 150 o‘rinli 46-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari yangidan bunyod etildi. Zamonaviy tipda qurilib, jihozlangan mazkur bog‘chalar bugun tuman hokimi Elmurod Avazov viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Adinayev, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbir davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi va nuroniylar ertamiz egalariga ushbu tashkilotlar uzoq yillar samarali xizmat qilishini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun