Yagona onlayn platforma ishga tushiriladi

Date:

Viloyatdan tashqariga chiqishimiz kerak bo‘lib qolganda samolyotda, poyezd yoki avtobusda ketish haqida tanlov qilamiz. Eng muhimi, yo‘lda o‘zimiz uchun qulaylikni o‘ylaymiz va cho‘ntagimizni ham hisobga olamiz. Ammo shunday paytda chipta olish uchun borib kelishimizga to‘g‘ri keladi. Ana shunday sarsongarchilikning oldini olish, uyda o‘tirgan holda chipta olish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni barcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlarida chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.
2024-yil 1-dekabrgacha xorijiy mamlakatlar kesimida xalqaro turizm ko‘rgazmalarida namoyish qilish uchun madaniy, gastronomik va hunarmandchilik kontenti ishlab chiqiladi. Qolaversa, yurtimizdagi barcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.
Transport vazirligi avia, temir yo‘l va avtobus chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qiladi. Shuningdek, Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni, Yangi yil bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) hamda Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida respublika hududlarini bog‘lovchi qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Amalga oshirilayotgan tadbirlar, jumladan, ochilayotgan yangi reyslar, reyslardagi yuklamalar, shakllantirilayotgan yangi avia va temir yo‘l marshrutlari to‘g‘risida ma’lumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun