Diplomlar tantanali topshirildi

Date:

Yakunlangan 2023-2024-o‘quv yilida Termiz davlat universitetini jami 7961 nafar bakalavr hamda 89 nafar magistr muvaffaqiyatli tamomladi. Albatta, bitiruvchilarga diplomlarni topshirish marosimi ularning ko‘z o‘ngida to‘rt yillik zavqli, o‘qib o‘rganish ishtiyoqida o‘tgan muddatni bir-bir ko‘z o‘ngidan o‘tishiga sabab bo‘lgani aniq. Ayni his-hayajon bilan katta hayot ostonasida turgan yoshlar katta marralarni ko‘zlashgan.
Termiz davlat universitetida bitiruvchilar uchun tantanali diplom topshirish marosimi ana shunday lahzalarga boy boʻldi. Marosimda universitet rektori bitiruvchilarni tabrikladi va ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Marosim davomida ko‘plab bitiruvchilar o‘z diplomlarini shaxsan rektordan qabul qilib olishdi.
Tadbirda yoshlarga 4 yil davomida egallagan bilim va koʻnikmalarini oʻz faoliyatlari davomida qoʻllab, mamlakatimiz rivoji yoʻlida xizmat qilishlariga ishonch bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun