Bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi

Date:

Erta tongda uyg‘onib, hovlingizga chiqsangiz-u ro‘parangizda bo‘ri tursa, o‘zingizni qanday his etasiz? Qo‘rquvdan dahshatga tushishingiz aniq. Denov tumanidagi Ibn Sino mahallasida yashovchi fuqaro M.Ining xonadoniga ham bo‘ri kirib qoldi. Ammo u qo‘rquvni-da unutib, kutilmagan mehmonni parvarish qila boshladi. Bo‘ri ham qaratilgan e’tibor sababmi, odamlarga tashlanmadi, hech qanday arar keltirmadi. Nima bo‘lganda ham xavfsizlikni saqlash, mahalliy aholiga hujum qilib qolishiga qarshi choralarni ko‘rgan afzal.
Shu sabab, viloyat Ekologiya boshqarmasi qilingan murojaatdan so‘ng, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i xodimlari hamkorligida tegishli tartibda bo‘ri fuqarodan olinib, uning salomatligi mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng, bo‘rini “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududiga, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun