Ta’tilda…

Date:

O‘quvchi-yoshlar uchun ta’til oromgohlarda, sayr-u sayohat bilan maroqli o‘tayotgan bo‘lsa, maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolajonlar uchun ham mazmunli kechmoqda. Tajribali va o‘z ishining ustasi bo‘lgan pedagoglar bolajonlar uchun foydali va qiziqarli mashg‘ulotlar ila kunini ajoyib o‘tkazish uchun xizmati-yu mehnatini ayashmayotgani quvonarli.
Yozgi sog‘lomlashtirish davri maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlariga katta e’tibor qaratilgan. Jarqo‘rg‘on tumanidagi 46-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kichik guruh tarbiyalanuvchilarining “Suv bayrami” nishonlandi.
Suv, havo va quyosh vannalarini o‘tkazish esa chiniqtirish jarayonidagi maxsus tadbirlar sanaladi. Tadbir davomida “Suvni e’zozlang va bunga oilangizni ham o‘rgating” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda bolajonlar tomonidan suv qadrli ne’mat ekanligi haqidagi she’rlar, kuy-qo‘shiq va raqslar namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun