Onlayn qabulda 837 nafar fuqaroning murojaati tinglandi

Date:

Xalq qabullari odamlarni qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf etishga, orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga, hayotga umid va ishonch bilan qarashga kuch berayotir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xalq qabulxonalari orqali viloyat rahbarining qabulini so‘ragan hamda turli masalalarda murojaat qilgan fuqarolarning muammolarini tinglash uchun navbatdagi onlayn qabulini o‘tkazdi.
Viloyat rahbari Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish yoki qurish uchun subsidiya olish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, maktab va maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi murojaatlarini mas’ullar ishtirokida tingladi.
Angor tumani hokimligi studiyasi orqali o‘tkazilgan qabul davomida qator murojaatlarning yechimi yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan sohalar va tarmoqlar hamda hududlar rahbarlariga aniq muddatlar bilan ijroga yo‘naltirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun