Farzandlar kulgusi — tinchlik nishonasi

Date:

Bog‘chaga borgan bola bilan bormaganining farqini bugungi zamondosh yaxshi biladi. Shuning uchun ham ona uy bekasi bo‘lishiga qaramay, farzandini bog‘chaga berishga vaqt va mablag‘ topadi. Albatta, bolaning bog‘chaga borishi boshlang‘ich ta’lim-tarbiyani olishi zarurat va ehtiyojdir. Shu maqsadda yurtimizda bolalarning bog‘chaga qamrovini oshirish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilayotir. Ana shunday sa’y-harakatlarning davomi sifatida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yashnaobod” mahallasida 50 o‘rinli 285-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish faoliyatini boshladi.
Bu hududdagi 50 nafar bola shu kundan e’tiboran bog‘chaga boradi degani. Bu bolalarning esa quvonchlari cheksiz. Ushbu nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari A.Radjapov, bo‘lim mas’ul xodimi R.Eshqobilov, nuroniylar, mahalla faollari va aholi vakillari ishtirok etdi. Bolajonlarga ezgu tilaklar tilandi, kelajaklari porloq va nurli bo‘lishlarini so‘rab, duoga qo‘l ochildi.
Tadbir so‘nggida esa mehmonlar bog‘chada bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun