Janubiy surxon suv ombori chiqindilardan tozalandi

Date:

Suv bebaho ne’mat ekani bolaligimizdanoq qulog‘imizga singdiriladi. Har bir saboq, ilk tushunchalar esa bilimlarimizni oshirish bilan birga bizdagi hislatlarni shakllantiradi. Bizni bunyodkorlikka, yaratuvchanlikka undaydi. Isrofdan, uvoldan asraydi. Bu kelajakda har birimizning xatti-harakatimizda, qiladigan amalimizda o‘z aksini namoyon etib boraveradi.
O‘zimizdagi ne’matlarning boride qadrlashni, asrashni boshlaymiz. Xuddi shunday Janubiy surxon suv omborini chiqindilardan tozalash ham ana shunday sa’y harakatlarimizning davomidir. Bu borada Qumqo‘rg‘on tumani hokimining 2024-yil 25-iyundagi “Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon sohili” mahallasi hududida joylashgan “Janubiy surxon suv omborining” qirg‘oq bo‘yidagi suv yuzasida to‘planib qolgan chiqindilarni tozalash va maxsus-taktik o‘quv mashqini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i dasturil amal bo‘lib xizmat qildi.
Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida Janubiy surxon suv omborini chiqindilardan tozalash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Sel-suv toshqinlari oqibatida suv ombor hududiga kelib qolgan chiqindilar tozalanib maxsus texnikalar yordamida belgilangan chiqindi to‘kish poliginiga yuborildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun