Faoliyati e’tirof etildi

Date:

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining amaldagi boshlig‘i Ro‘zigul Safarova o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimini topshirib, nafaqaga chiqdi
Aslida “erkaklar ishi” deb qaraladigan, yurtimiz tabiatini asrash emas, kezi kelganda qo‘riqlashday serg‘alva, sermuammo va aynan g‘oyat mas’uliyatli sohani olima ayol shu paytgacha maqtashga arzigulik darajada boshqardi. Biologiya sohasida ilmiy ishlar qilgan va shu asnoda tabiatga chinakam mehr bergan olima tabiat mushtarakligini qalban his etgan. Aks holda ohada ishlay olmasdi. Buni Surxondaryo viloyati tajribasi misolida butun respublikaga amalda tatbiq etgan Ro‘zigul Safarova nafaqaga chiqdi.


Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda rahbar ayolning ish faoliyatiga nazar tashlandi. Soha xodimlari o‘zlarining qalb kechinmalarini, birgalikda o‘tgan ish faoliyatlari bilan bog‘liq voqealarni eslashdi.
Inson hayotining mezoni uning qanchayin yashagani bilan emas qanday yashagani, umr yo‘llaridagi nurli izlari bilan o‘lchanishini ushbu tadbir misolida bilish, his etish mumkin bo‘ldi. Haqiqatan ham, vohamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, butun umrini el faravonligi, uning quvonch va tashvishlariga baxshida etgan zamondoshimizning hayot yo‘llari ayni ta’rifga mos keladi.
Ro‘zigul Safarova qariyb 35 yil ona tabiatni asrab-avaylash, uni kelgusi avlodlarga bus-butunligicha yetkazib berish sohasida samarali mehnat qilib, oddiy xodimdan rahbar lavozimilarida faoliyat yuritgan. Tadbir so‘nggida hamkasblari tomonidan Ro‘zigul Safarovaga viloyat Ekologiya boshqarmasining vitse prizidenti maqomi berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun