Yoshlarga ko‘mak berilmoqda

Date:

Bugun yoshlarning, fazandlarimizning taqdiri faqat ularning ota-onalarini qiziqtiradi deganlar qattiq adashadi. Yurtimizda, xususan viloyatimizda yoshlar hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ko‘rgan, kuzatgan borki, noto‘g‘ri fikrda ekaniga amin bo‘lishi mumkin. Yoshlar qanday shart-sharoitda vaziyatda bo‘lmasin, ularning kelajagiga, taqdiriga qiziqib kelinmoqda, qo‘llab-quvvatlanib, kerakli yordam choralari ko‘rilmoqda.
Bugungi kunda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash tizimi ham ijobiy samara berayotir. Yoshlarning yolg‘iz emasliklarini eslatib turayotgani ham sir emas. Sherobod tumani 3-sektor rahbarining tashabbusi bilan tumanning “Qishloqbozor” mahallasida yashovchi otaliqqa olingan muqaddam sudlanib ozodlikdan maxrum etish joylaridan ozod etilib, tuman IIB JXX Probatsiya guruhi ro‘yxatiga olingan T.Ro‘ziboyevga tuman IIB JXX Probatsiya guruhi xodimlarining ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi 2022-yil 29-iyundagi PQ299-sonli qaroriga asosan “dastlabki ijtimoiy moddiy yordam paketi”ni berish tizimidan foydalanish maqsadida “Chorvachilik” yo‘nalishida supsidiya ajratilib, uning kelgusida tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zamin yaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun