Ekologik huquqbuzarlikka chek qo‘yildi

Date:

Kimdir ko‘ringani kabi bo‘lsa, kimdir o‘zini sipo tutishga, ichidagilarni yashirishga urinadi. Shu sabab atrofimizda turli ko‘rinishdagi niqoblarga duch kelamiz. Ha, yaxshiliklar oshkor bo‘lsa, yomonliklar, illatlarni ko‘rsatmaslikka harakat qilinadi. Afsuski, shunday kimsalar ham borki, o‘zlarining manfaatlari, nafslari ortidan jirkanch ishlarga qo‘l urib, uni yashirib, soya ortiga qoldirmoqchi bo‘ladilar. Termiz tumanilik 4 nafar fuqaro ham xuddi shunday qildi. Ular noqonuniy ravishda noruda materiallarini olayotgan paytda ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida qo‘lga tushdilar.
Mna shunday xatti-harakatlar viloyat miqyosida tungi nazorat tadbirlari olib borilishiga sabab bo‘ldi. Natijada, Termiz shahar “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida fuqaro A.U uyidan chiqqan maishiy chiqindilarni tartibsiz joylashtirib ketayotgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, to‘kilgan chiqindilar fuqaroning o‘zi tomonidan tozalab olindi.
Yana bir fuqaro o‘zining manfur rejasini tun qorong‘usida yashirmoqchi bo‘ldi. Qumqo‘rg‘on tumani “Xalqabod” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Surxon” daryosi qirg‘og‘idan fuqaro A.A o‘zining maxsus texnikasi bilan qum-shag‘al noruda materiallarini qazib olayotganligi aniqlangan bo‘lsa, Jarqo‘rg‘on tumanida fermer xo‘jaligi somonpoya qoldiqlarini yoqqanligi uchun 19 million so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun